Telegram Group Search
💠 Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi Jizzax viloyati boshqarmasi boshligʻi M.Istamov va Jizzax viloyat ma’muriy sudining raisi S.Raxmonov, sudyalari A.Sayfitdinov, X.Eshmuradov, F.Ibodullayevlar boshchiligida "KORRUPSIYA DAVLAT VA JAMIYAT TARAQQIYOTI UCHUN ENG JIDDIY XAVF" mavzusida Pensiya jamg'armasi tuman (shahar) bo'limlari hodimlari bilan korrupsiyaga qarshi kurashish immunitetini yanada oshirish maqsadida Sudyalar bilan hamkorlikda xodimlar ishtirokida davra suhbati o'tkazildi.

♻️ Davra suhbatida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashda har bir davlat xizmatchisi o'rnak bo'lishi, korrupsiyaga har doim har qanday vaziyatda "yo'q" deya olishi, eng muhimi, halol rizq va vijdon bilan ishlashi borasida atroflicha so'z yuritildi.

📲 Jizzax.uz sayti sahifalariga aʼzo boʼling:👇

Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@murojaat |X|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
❇️ "Madaniyat karvoni"ning Zomindagi qiziqarli konsertlari davom etmoqda!

Jizzax viloyati Zomin tumanida katta san'at bayrami bo'lib o'tmoqda. Taniqli san'atkorlardan iborat "Madaniyat karvoni"ning shukuhli konsert dasturlari tuman aholisiga yuqori kayfiyat taqdim etmoqda.

Kuni kecha bo'lib o'tgan dasturda Dilfuza Rahimova, Umid Shahobov, Sharof Muqimov, Shahzod Murodov, Sardor Bekmurodov, Dilmurod Otajonov, Dilshod Kattabekov va boshqa san'atkorlar tuman aholisiga haqiqiy bayram kayfiyatini ulashishdi.

Konsert davomida taniqli xonandalar tomonidan xalqimiz sevgan qo'shiqlar ijro etilib, ularni raqsga chorladi.

📲 Jizzax.uz sayti sahifalariga aʼzo boʼling:👇

Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@murojaat |X|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
2024/06/29 21:21:48
Back to Top
HTML Embed Code: